Mayk Taysonning o‘rniga Jeyk Pol bilan jang qiluvchi raqib topildi

  • 31.05.2024 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq UFC  jangchisi va hozirgi kunda sharhlovchi, tahlilchi Cheyl Sonnen Jeyk Polga qarshi jangda Mayk Taysonning o‘rniga tushishga tayyorligini bildirdi.

"O‘ylashimcha, Jeyk Pol meni Mayk Taysonning o‘rnini bosadigan jangchi sifatida shartnomaga kiritishi kerak. Agar Jeyk bir oy ichida men bilan jang qilishini eshitsa, yurak xurujiga duchor bo‘lishi mumkin", - deb yozadi Sonnen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol(9-1, 6 KO) va Mayk Tayson(50-6, 44 KO) o‘rtasidagi qarama-qarshilik 21 iyulga rejalashtirilgan. Ammo avalroq Maykning samolyot parvozi vaqtida kasal bo‘lib qolgani haqida xabar berilgandi. Afsonaviy bokschi kasalxonaga yotqizilgan, hozircha uning sog‘lig‘i joyida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!