Maykl Kerrik: "Jamoam xarakter ko‘rsatdi va qiyin vaziyatdan chiqdi"

  • 02.03.2026 00:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premier-ligasining 28-turida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan irodali g'alaba (2:1) borasida fikr bildirdi.

— G'alabadan juda xursandman. O'yinni sekin boshlaganimizga qanday javob qaytarganimiz meni quvontirdi. "Pelas"ga tan berish kerak — ular uchrashuvni juda tez va faol boshladi.

Biz ishonch va xarakter namoyon etdik, natijada birinchi bo'limni yaxshi yakunladik. Erta o'tkazib yuborilgan goldan keyin hisobni tenglashtirish va ustunlikka chiqish — bu biz uchun yangi chaqiriq. Ba'zan shunday sinovlardan o'tishga to'g'ri keladi.

Brunu Fernandesh mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Din Xenderson penaltilarni ko'p qaytargan darvozabon, shu bois bu yaxshi duyel bo'ldi. Brunu bunday paytda har doim oldinga chiqadi, u boshqacha yo'l tutmaydi. Qizil kartochka va penalti o'yin taqdiriга katta ta'sir qildi.

Ben'yamin Sheshkoni start tarkibida tushirish tavakkal emas edi. Qaror qiyin bo'lmadi — u yaxshi formada va so'nggi haftalarda jamoa o'yiniga katta ta'sir ko'rsatdi. U bu yerda o'ynashni o'rganmoqda, g'alaba goli esa ajoyib bo'ldi. Biz unga yordam berish uchun shu yerdamiz va bu davom etadi, deb ishonaman. U jamoa uchun kerak bo'lgan barcha ishni qilishga tayyor.

— "Manchester Yunayted" jadvalda uchinchi o'ringa ko'tarildi.

— Hozir bu katta ahamiyatga ega emas. Albatta, bu yoqimli holat, ammo biz o'sishda davom etmoqchimiz. Juda erta o'tkazib yuborilgan goldan keyin javob qaytara olganimiz muhim, — dedi Kerrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!