Maykl Kerrik MYUdan Angliya terma jamoasi yulduzini olib kelishni talab qilmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik klub rahbariyatidan "Aston Villa" futbolchisi Morgan Rojers bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Kerrik ilgari Rojers bilan "Midslbro"da birga ishlagan. Angliyalik mutaxassis MYu boshliqlarini, agar kelgusi mavsum bosh murabbiy lavozimini saqlab qolsa, Morgan uning o‘yin sxemasiga mos kelishiga ishontirmoqda.
23 yoshli yarim himoyachining hozirda transfer bozorida narxi 80 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, havbek joriy mavsum birmingemliklar safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar