Maykl Ouen Keyn haqida: "Bavariya"ga o‘tishni ahmoqlik deb hisoblayman"

  • 4 sentabr, 14:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq futbolchi Maykl Ouen Harri Keyn nima uchun "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o‘tganini hali ham tushunmayapti.

Tecno

"Xarri Keyn shunchaki daxshatli, u hujumlarni ajoyib yakunlaydi. Men uning Germaniyaga ko‘chib o‘tishiga qarshi edim, buni ochiq aytdim. Men buni hali ham ahmoqlik deb bilaman.

U Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish arafasida edi, uning allaqachon maktabga borayotgan farzandlari bor. Men buni tasavvur qilolmadim, tushunmadim.

Agar biror narsa yutishni shunchalik xohlasang, yana bir yil o‘yna, keyin ket. Bu xuddi "Seltik"ga o‘tib, har yili qo‘lga kiritiladigan chempionatda g‘olib chiqqandek gap, bunda hech qanday e’tiborga loyiq narsa yo‘q.

Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomi katta yutuq bo‘lardi. Bu aql bovar qilmas ish bo‘lardi va u yana nimadir yutishi mumkin edi", - dedi Angliya terma jamoasining sobiq forvardi Rio Ferdinand bilan podkastda.

Keyn APLda 213 ta gol urgan. Alan Shirerning rekordi - 260 ta gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!