Mbappe afsonaviy Ronaldodan oʻzib ketdi

  • 25.01.2026 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 21-turida “Real” safar uchrashuvida “Vilyarreal” bilan kuch sinashib, mezbonlarni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklarga g‘alaba keltirgan har ikki golni Kilian Mbappe kiritdi.

Fransiyalik hujumchi La Liganing joriy mavsumdagi umumiy gollari sonini 21 taga yetkazib oldi va to‘purarlar poygasida katta ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda.

Bundan tashqari, Mbappe faoliyati davomida urgan gollarining umumiy soni bo‘yicha braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldoni ortda qoldirgan edi. Ronaldo faoliyatini yakunlagan davrda uning hisobida kiritilgan to‘plar soni 414 tani tashkil qilardi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun afsonaviy futbolchi 616 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kilian “Vilyarreal” darvozasiga kiritgan dublidan keyin umumiy gollari sonini 416 taga yetkazib oldi. Buning uchun mahoratli futbolchiga 549 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!