Mbappe bir uchrashuvda to‘purarlik rekordini o‘rnatib, uni yana darhol o‘zi yangiladi

  • 01.07.2026 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatlari pley-off bosqichlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda Mbappe birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Uning goli 45-daqiqada kiritildi. Shu golning o‘ziyok yangi rekord bo‘ldi. Shu tariqa, Mbappe jahon chempionatlari pley-off bosqichlaridagi gollari sonini to‘qqiztaga yetkazdi. U bu natijaga to‘qqiz o‘yinda erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u braziliyalik afsonalar — Leonidas (5 o‘yinda 8 gol) va Ronaldo (10 o‘yinda 8 gol) kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.

Qiziqishi shundaki, Shvetsiya bilan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Kilian Mbappe ikkinchi to‘pini ham kiritib, o‘z rekordini o‘zi yangiladi. Ayni paytda Kilian Mbappe hisobida jahon chempionati pley-offlarida to‘qqizta uchrashuvda urilgan o‘nta gol bor va bu mutlaq rekord sifatida qayd etilgan. 

Futbol bo‘yicha jahon chempionati – 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!