
Mbappe birga o‘ynamoqchi bo‘lgan futbolchilar nomini aytdi
“Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe qaysi futbolchilar bilan o‘ynashni istashi haqidagi savolga javob berdi.
- Millatchidek ko‘rinishni istamaymanu, lekin Zinedin Zidan bilan birga o‘ynagan bo‘lardim.
Men Lionel Messi, Neymar, Antuan Grizmann, Pol Pogba, Karim Benzema kabi yulduzlar bilan birga to‘p tepdim.
Krishtianu Ronaldu bilan yonma-yon o‘ynash ham qiziq bo‘lardi. Lekin bu juda qiyin masala.
Shunday bo‘lsa-da, futbol afsonasi bo‘lgan Ronalduga qargi o‘ynashga muvaffaq bo‘lganman, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar