Mbappe “el-klasiko”da penaltidan gol urolmagan pallada stadiondagi muxlis vafot etdi

  • 01.11.2025 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko” atrofidagi xabarlar oqimi hali ham to‘xtatagani yo‘q.

Sport.es saytining yozishicha, uchrashuvning 52-daqiqasida Kilian Mbappe “Barselona” darvozasiga belgilangan penaltidan keyin mezbonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Santyago Bernabeu”ga kelgan isroillik Igal Brodkin shu joyning o‘zida jon taslim qildi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar posboni Voytsex Shchesni Mbappening zarbasini qaytarganidan keyin Igal Brodkin hushini yo‘qotgan. Uning atrofidagi muxlislar o‘yinni taxtatish maqsadida hakamga signal berishga harakat qilgan.

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua esa, hakamga bori, tribudagi holatni aytgan. Biroq shunga qaramay, uchrashuv davom ettirildi.

“Santyago Bernabeu” stadioni tibbiyot xizmati vakillari muxlisga tezda yordam ko‘rsatib, uni La-Pas shifoxonasiga olib ketgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay, muxlis hayotga qaytarib bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!