Mbappe "el-klasiko"dan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

  • 25 oktabr, 12:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Qirollik klubi" yakshanba kuni La Liganing 10-turida "Santyago Bernabeu"da "Barsa"ga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

"O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Men har doim jamoaga yordam berishni istayman - agar gollar bilan bo‘lsa, demak, shunday bo‘lishi kerak, agar boshqa yo‘l bilan bo‘lsa - bu ham normal holat. Men jamoa yurgan yo‘ldan boryapman. Jamoa har doim har bir futbolchining yordamiga muhtoj va men doim bunga harakat qilaman.

Jamoa hamma narsaga tayyor. Bu oy biz uchun nihoyatda muhim. Oldinda katta o‘yin bor, lekin oyning qolgan qismi ham muhim. Biz "Madrid"dan-talab qilinadigan ishni qilamiz - g‘alaba qozonamiz va barcha madridliklar uchun yaxshi o‘ynaymiz", - dedi "Real" forvardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!