Mbappe kelajagini kim bilan bog‘laydi?

  • 10.12.2020 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Zamonamizning eng kuchli hujumchisiga aylanib borayotgan Kilian Mbappe faoliyatida muhim davr boshlandi.

PSJ xo‘jayinlari frantsiyalik futbolchini nima qilib bo‘lsa ham saqlab qolmoqchi. Parijliklar Mbappega eng katta maosh bera oladigan yagona klub. Biroq, yosh hujumchi puldan ko‘ra, nufuzli sovrinlarga qiziqmoqda. Agar PSJ joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqsagina Kilian PSJda qolishni o‘ylab ko‘rishi mumkin.

21 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilayotgan “Real” doim katta sovrinlarga da’vogarligi bilan mashhur lekin. Lekin “Qirollik klubi” katta transferga xarajat qilishga qo‘li kaltalik qilmoqda.

Bu vaziyatdan “Liverpul” foydalanib qolmoqchi. Yurgen Klopp ajoyib loyihalari orqali Mbappeni Angliyaga kelishga ko‘ndirmoqchi. Bundan tashqari, liverpulliklar hujumchining klub bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanishini inobatga olib, 100 million evro miqdorida badal to‘lashga ham rozi.  

Xullas, yozda Mbappe faoliyati uchun muhim qadam tashlashiga to‘g‘ri keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!