
Mbappe kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlaydi. U boradigan shahardan uy tanladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsumni “Real”da boshlashi tobora oydinlashib bormoqda. 24 yoshli futbolchi Ispaniya poytaxti Madrid shahridan o‘ziga yangi uy tanladi, - deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Eduardu Agirre.
Manbaga ko‘ra, Mbappe Madrid shahridan o‘ziga ma’qul kelgan uyni bron qilgan va yaqin kelajakda uni to‘liq sotib oladi.
Evropa matbuoti anchadan beri frantsiyalik to‘purarning “Real”ga o‘tishi haqida ma’lumot tarqatib keladi.
“Real” Mbappeni 2024 yilning yozida erkin agentga aylanganidan keyin Madridga kelishini kutyapti.
PSJ xo‘jayinlari esa, Mbappeni jamoada olib qolish uchun hech qanday mablag‘ni ayamasligini bildirmoqda.
Fikrlar