Mbappe ketsa, PSJga millionlar to‘lashga majbur bo‘ladi

  • 08.01.2024 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda klubni erkin agent sifatida tark etadigan bo‘lsa, parijliklarga katta miqdorda kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, kompensatsiya miqdori aniq belgilab qo‘yilmagan. Mablag‘ miqdori Mbappe klubdan qay tarzda ketishiga bog‘liq. Bu summa kamida 70-80 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Ayrim manbalarda klub Mbappening ketishi bo‘yicha turli stsenariylar tuzib qo‘ygani va kompensatsiya miqdori qariyb ikki baravar qimmatlashishi mumkinligi aytilyapti.

Agar Kilian Mbappe klubdan ketmaslikka qaror qilsa, barcha bonuslar futbolchining o‘ziga qaytariladi.

Hozircha, 25 yoshli forvardga asosan “Real” da’vogarlik qilmoqda. Madridliklar hujumchini olish bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, Mbappe 15 yanvarga qadar “Qirollik klubi”ga aniq javobini aytishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
09/01/2024 11:24
Зайибал килди шу Мбаппе, очкуз, мамкин сынь.