Mbappe mashhur bo‘lishi uchun “Oltin to‘p” olishi shart emas

  • 23 oktabr, 2022, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe futbol ixlosmandlari orasida bu yilgi “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan “Real” futbolchii Karim Benzemadan mashhurroq ekani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

RMC Sport nashri o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning  31 foizi 23 yoshli to‘purarga ovoz bergan.

Kutilmaganda ikkinchi o‘rinni “Atletiko” vakili Antuan Grizmann egalladi. Muxlislarning 18 foizi “Barselona”da o‘ynay olmay, yana Madrid klubiga qaytgan tajribali hujumchiga ovoz bergan.

“Oltin to‘p” tanlovida g‘olib chiqqan Karim Benzemaga so‘rovnoma qatnashganlarning 13 foizi ovoz berdi xolos.

Frantsiyalik futbol ishqibozlarining aksariyati Kilian Mbappeni Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida terma jamoaning asosiy kuchi sifatida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!