
Mbappe maydonga tushmagan o‘yinda PSJ safarda mag‘lubiyatga uchradi
Frantsiya chempionati 27-turidan o‘rin olgan "Nitstsa" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona gol 88-daqiqada Delor tomonidan kiritildi. Mehmonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, "Nitstsa" klubining ochkolari soni 49 taga etdi. Jamoa ayni damda 2-o‘rindan joy egallagan.
Parijliklar hisobida 62 ochko mavjud bo‘lib, ular jadvalda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar