Mbappe menga “Atletiko”ga o‘tishini aytgan!

  • 18.05.2022 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madrid shahri meri Xose Luis Martines-Almeyda jurnalistlarning “Real”ga PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelishi mumkinligi haqidagi savoliga hazil bilan javob berdi.

Mbappeni shahrimizga kelishini aytyapsizmi? Kilian menga “Atletiko”ga o‘tayotganini aytdi, - dedi Xose Luis Martines-Almeyda.

Kilian Mbappe hali qaysi jamoani tanlaganini oshkor qilgani yo‘q. PSJ katta maosh evaziga o‘z hujumchisini ushlab qolmoqchi. "Real" varianti esa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyatining yuqoriligi bilan Mbappeni o‘ziga jalb etmoqda.

23 yoshli hujumchi hali Evropaning eng nufuzli turnirida g‘olib chiqmagan. Ko‘pchilik mahoratli to‘purar aslida “Qirollik klubi”ni tanlab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!