Mbappe Messining yo‘lini tanladi

  • 26 mart, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe o‘zini taklif qilayotgan jamoalar uchun asosiy shartini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi o‘z imidji huquqlari bilan o‘zi shug‘ullanadi. Frantsiyalik futbolchi imidji orqali topiladigan daromadni klub bilan bo‘lishmoqchi emas.

Tecno

Mbappe 2017 yilda PSJ bilan shartnoma qilganida imidj huquqini klubga bergan edi va shundan beri bu yo‘nalishdagi barcha daromad klub g‘aznasiga tushmoqda.

Endi Kilian xuddi Lionel Messi singari o‘z imidjidan keladigan pullarni shaxsan o‘zi boshqarmoqchi.

Manbalarning ta’kidlashicha, kamdan-kam klublar bu taklifga ko‘nadi. PSJ esa Mbappeni saqlab qolish uchun uning talabini bajarishga tayyor.

Frantsiyalik to‘purar o‘rtaga tashlagan talab “Real”ni qoniqtirmasligi aytilmoqda. Chunki “Qirollik klubi” o‘z yulduzlarining imidjidan keladigan daromadlarni o‘zi boshqaradi. Ayrim holatda esa, madridliklar daromadni teng yarmidan bo‘lishishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!