Asosiy mazmunga oʻtish

Mbappe nega eng zo‘r futbolchi ekanini isbotlab berishdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hozir undan zo‘ri yo‘q

Angliya futboli afsonalaridan Maykl Ouen Frantsiya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappeni nega zamonamizning eng zo‘r futbolchisi deb hisoblashini izohladi.

- Kilian Mbappe – jahonning eng zo‘r futbolchisi. U har qanday jamoaning yaxshi o‘yinini ham buzishi mumkin. Mbappe o‘zining yuqori texnikasi, tezkorligi va hujumlarni samarali yakunlash qobiliyati bilan har qanda raqibni uyaltirib qo‘ya oladi. Kilian g‘alaba qozona oladigan o‘yinchidir, - dedi Mayk Ouen.

Kilian Mbappe “Monako” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik PSJga o‘tib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilib keldi.

Bir yil muqaddam erkin agent maqomida “Real”ga qo‘shilgan mashhur yulduz La Ligadagi debyut mavsumida 31 ta gol urib, Evropa to‘purarlari orasida “Oltin butsa”ga sazovor bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q