Mbappe “PSJ” va “Real” o‘rtasida katta farqni aytib berdi

  • 03.11.2025 16:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining sobiq jamoasi “Pari Sen-Jerman” bilan hozirgi klubi o‘rtasidagi asosiy farq haqida gapirdi:

- Bu ikki mutlaqo turli klublar. PSJ ancha yosh jamoa, “Real” esa katta tarixga va boy madaniyatga ega.  Albatta, “Real” — dunyodagi eng yaxshi klub. Biroq “PSJ” ham eng kuchlilar qatorida e’tirof etiladi. Ammo bu jamoalar futbolga ikki xil qarashni ifoda etadi.

Men “Pari Sen-Jermen”ning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman va hozir “Real”da ekanimdan baxtiyorman, - dedi Mbappe Ispaniyaning eng nufuzli manbalaridan Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli frantsiyalik hujumchi PSJ safida 2017–2024 yillar davomida o‘ynagan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan (308 o‘yinda 256 gol).

2024 yil yozidan buyon “Real”da o‘ynayotgan Mbappe madridliklar tarkibida barcha turnirlarda 72 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 60 ta gol  yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!