Mbappe PSJga yangi yulduz tanladi

  • 12 fevral, 2023, 16:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva mavsum yakunlanganidan keyin Frantsiya chempionatiga ko‘chib o‘tish mumkin. PSJ rahbariyati portugaliyalik o‘yinchini olib kelish bo‘yicha ish boshlashga tayyorlanmoqda.

Tribal Football nashrining yozishicha, Bernarduni olib kelish tashabbusi Kilian Mbappedan chiqqan. 24 yoshli hujumchi o‘zi bilan oldingi chiziqda birga o‘ynaydigan futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.

Mbappe Bernardu bilan “Monako”da birga o‘ynagan va bir birini juda yaxshi tushunadi.

28 yoshli Silvaning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Bu transfer uchun Parij klubi kamida 80 million evro xarajat qilishi talab etiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!