
Mbappe “Real” istagiga qarshi bordi
“Real” klubining talablari Kilian Mbappega to‘g‘ri kelmaganini Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham oshkor qildi.
Ma’lumki, “Qirollik klubi” frantsiyalik legionerning yozda Evropa chempionatida ishtirok etgani uchun etarli darajada dam olmaganini inobatga olib, Frantsiya terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘in va uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Biroq Dide Desham Mbappeni tarkibga kiritdi. Frantsiyalik mutaxassis bu qaror Kilian Mbappening tashabbusi ekanini ta’kidladi.
- Men Kilian Mbappening yaxshi sport formasida ekanini ko‘rdim. Shu bois u tarkibda va bu shaxsan uning qarori, - dedi Dide Desham.
Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 6 sentyabr kuni Italiya va 9 sentyabrda Belgiya futbolchilari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar