Mbappe "Real" safida bu ishni birinchi bor uddaladi

  • 22.10.2026 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchinchi turida «RB Leyptsig» ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabada (4:1) faol ishtirok etdi.

52-daqiqada fransuz forvard Arda Gyularga aniq pas berib, uning goliga assistentlik qildi. 83-daqiqada esa Mbappening o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu Kilianing «Real» tarkibidagi Chempionlar ligasi o‘yinlarida ilk bor bir bellashuvda ham gol urib, ham golli pas berishi hisoblanadi.

Bundan oldin u bunday natijaga faqat PSJ safida erishgan edi. 2022 yil noyabrida «Yuventus»ga qarshi o‘yinda Mbappe 1+1 ko‘rsatkichini qayd etgan — bir gol urgan va bir golga pas bergan.

Kilian Mbappe 2024 yil yozida «Real»ga qo‘shilgan. U Chempionlar ligasida madridliklar safida o‘tkazgan 28 uchrashuvda 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!