Mbappe “Real”dagi debyut goli va birinchi sovrinidan keyin nimalar dedi?

  • 15 avgust, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safida debyut uchrashuvidayoq Kilian Mbappe ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. UEFA Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bahsda madridliklar Italiyaning “Atalanta” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Qirollik klubi”ga navbatdagi sovrinni keltirgan gollarga Federiko Valverde va Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Uchrashuvdan keyin frantsiyalik hujumchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Hamma gollar ham muhim, shuning uchun qaysidir hujumchini ajratib ko‘rsatish oson emas. Ekin bu golim juda ahamiyatli. Men “Real” bilan yangi  bosqichni boshlashni uzoq kutdim. Yaxshi boshlash, sovrin bilan boshlash – bu ajoyib holat. Bu unutilmas oqshom bo‘ldi, - dedi Kilian Mbappe.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!