Mbappe “Real”ga zo‘r futbolchi topib berdi
“Real” yozgi transferlar davrida “Bavariya”da porlayotgan hujumkor futbolchi Maykl Oliseni sotib olishi mumkin.
E-Noticies nashri ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatiga agar yozda Vinisius Zunior yoki Rodrigo klubni tark etadigan bo‘lsa, bo‘shaydigan o‘ringa Maykl Oliseni olishni maslahat bergan.
Mbappe fikricha, “Real” hujum dinamikasida o‘zgarishlar qilishi kerak va Frantsiya terma jamoasida o‘zi bilan birga o‘ynaydigan Olise bu ishni zo‘r uddalay oladi va madridliklar o‘yin uslubiga juda mos tushadi.
Maykl Olise 2024 yilda “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Myunxenliklar safida uning ishlari yurishib ketdi.
“Bavariya” bilan 2029 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 o‘yin o‘tkazib, 13 gol urdi va 25 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar