Mbappe sababli “Real” rahbariyatida ziddiyat chiqdi

  • 12 yanvar, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kilian Mbappe “Real”ning nishonida anchadan beri turibdi. Frantsiyalik forvard qaysi jamoada o‘ynashi tez orada hal bo‘lishi kerak.

Football Insider nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbarlari Mbappe transferi bo‘yicha kelisha olmayapti. Mutasaddilarning bir guruhi jamoaga “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenni olib kelish kerak, degan fikrda qat’iy turibdi.

Ayniqsa, rahbariyatning tajribali va yoshi katta vakillari nigeriyalik hujumchining transferi foydali bo‘lishiga ishonmoqda. Ular Osimxenning o‘yin uslubi va sifatini uzoq yillar madridliklar safida sermahsul o‘yin ko‘rsatgan Karim Benzemanikiga qiyoslayapti.

Evropa matbuoti Kilian Mbappening o‘zi Madridga kelishga qiziqayotgani va tez orada buni PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiyga rasman e’lon qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot tarqatyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!