Mbappe “sindi”...
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Did Deshamning assistenti Gi Stefan Millatlar ligasi turniri doirasida Daniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Kiolian Mbappe va Rafael Varan jarohat olgani haqida bayonot berdi.
- Kilian Mbappening tizzasidagi jarohat bezovta qildi. Shikastlanish qay darajada bo‘lganini bilmaymiz, lekin tez orada futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Rafael Varanning mushak paylarida muammo bor. U og‘riqdan shikoyat qilyapti. Jarohat darajasi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan keyin aniq bo‘ladi, - dedi Gi Stefan.
Frantsiya terma jamoasi o‘z maydonida Daniyaga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mezbonlarning yagona golini Karim Benzema urdi. Daniyaliklardan Kornelius dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Fikrlar