
Mbappe so‘nggi to‘rt yillikda hech kim uddalay olmagan ishni qildi
Kilian Mbappe La Ligada to‘rt mavsumdan beri birinchi bo‘lib 30 ta gol urgan futbolchiga aylandi.
"Real" hujumchisi 38-turda "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinning 38-daqiqasida gol urdi. U penaltini amalga oshira olmadi, biroq Unai Marreroning seyvidan so‘ng to‘pni o‘zi darvozaga kiritdi.
Frantsiyalik futbolchi chempionatdagi 30-golini urdi. Bu ko‘rsatkichga oxirgi marta 2020-21 yilgi mavsumda Lionel Messi erishgan edi.
To‘purarlar ro‘yxatida Mbappe Robert Levandovskidan ("Barselona") 5 ta gol bilan oldinda bormoqda.
Fikrlar