
Mbappe Superkubokni o‘tkazib yuboradi. Chunki...
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Nant”ga qarshi bo‘ladigan Frantsiya Superkubogi uchrashuvini o‘tkazib yuborishga majbur.
Jurnalist Adrien Grenierning aytishicha, hujumchi mavsum davomida sariq kartochkalar soni ortib ketgani uchun diskvalifikatsiya qilingan. Aytish kerakki, Mbappe Frantsiya chempionatning so‘nggi 10 ta o‘yinida 3 ta sariq kartochka oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Nant" o‘tgan mavsumda Frantsiya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, PSJ chempionlikni tantana qilgan edi. Bu ikki jamoa o‘rtasidagi Superkubok iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Oldinroq Mbappe «Real»ga o‘tishdan bosh tortgan holda PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi. Hujumchi o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 28 ta gol urdi.
Fikrlar