Mbappe va Bellingem “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydimi?
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem va hujumchi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Manchester Siti”ga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazib yuboradi.
Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga koʻra, Bellingem hali ham son orqa mushagi jarohatidan tiklanmoqda. Madrid klubida 22 yoshli angliyalik futbolchi 17 mart kuni boʻlib oʻtadigan javob oʻyinigacha maydonga qaytishiga umid qilishmoqda.
Biroq uning qaytishi uchun eng ehtimoliy variant 22 mart kuni boʻlib oʻtadigan “Atletiko”ga qarshi chempionat oʻyini deb hisoblanmoqda.
27 yoshli Mbappe masalasiga kelsak, “Real”dagilar uning ham manchesterliklarga qarshi maydonga tusha olmasligini juda yaxshi his qilib turibdi. >Bundan tashqari, uning javob oʻyiniga tayyorligi ham hozircha savol ostida qolmoqda.
Har ikki futbolchining maydonga qaytishining aniq muddatlari hozircha belgilangan. Klubda jarohatlar yana ogʻirlashib ketmasligi uchun ularning tiklanishini tezlashtirishdan ehtiyot boʻlishmoqda.
Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi “Real” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi birinchi uchrashuv 11 mart kuni “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtadi.
Fikrlar