
Mbappe va Messi bir jamoada o‘ynashni davom ettiradimi? PSJ prezidenti javob berdi
"Pari Sen-Jermen" prezidenti Nosir Al-Helayfi Kilian Mbappe hamda Lionel Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Albatta, biz ularni tarkibda olib qolmoqchimiz. Gap Jahon chempionati to‘purari hamda eng yaxshi futbolchisi haqida ketmoqda. Leo haqida boshqa hech narsa demoqchi emasman, bizda muzokara bo‘yicha mundialdan keyin reja bor",-deya uning so‘zlarini keltirdi mashhur insayder Fabritsio Romano.
Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi. Messi esa rasman 2023 yilning 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.
Kilian va Leo Qatar mezbonligida o‘tgan Jahon chempionati finalida to‘qnash keldi va unda Messi boshchiligidagi Argentina zafar quchdi.
Fikrlar