
Mbappe Xolanddan ancha ustun ekan. Nega?
Jahon futboli mutaxassislari va muxlislari uzoq yillar davomida Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni bir-biriga qiyoslab keldi. Endi ularning davri o‘tdi.
Hozir ko‘pchilik Kilian Mbappe va Erling Xolandni taqqoslamoqda. Frantsiyalik mashhur hujumchi Terri Anri bu borada o‘z fikrini bildi.
- Mbappe xavfli vaziyatlar yarata oladi va ularni samarali yakunlaydi. Xoland esa faqat yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanadi. Kilian hujum markazi va har ikki qanotda o‘ynashi mumkin. Erling faqat markaziy hujumchi vazifasini bajaradi.
Bu raqobatda Mbappe men uchun favorit bo‘lib qolaveradi, - dedi Terri Anri Mirror nashri jurnalistlariga.
Yangi mavsumda Xoland “Manchester Siti” tarkibida barcha turnirlarda etti marta maydonga tushib, 12 ta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. PSJda qolgan Kilian Mbappe esa oltita o‘yinda to‘qqizta to‘p kiritdi.
Fikrlar