Mbappe yoqmasa, qaytarib bering!

  • 25.02.2026 05:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya  milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristoff Dyugarri Madriddning “Real” klubi forvardi Kilian Mbappe tanqid qilinayotganiga munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tanqidlar juda kulgili va mantiqsiz.

- Agar ispanlar Mbappeni ko‘rishni istamasa, uni Frantsiyaga qaytarib bersin, bu yerda Kilian yañada ko‘proq odamlarni xursand qiladi.

“Real”da o‘ziga bino qo‘ygan va ortiqcha baholangan futbolchilar ham bor. Ular bu jamoaga umuman munosib emas va u yerda bo‘lmasligi kerak, - dedi Kristoff Dyugari.

Kilian Mbappe faoliyati davomida ilgari Frantsiyaning “Monako” va “Pari Sen-Jermen” kabi klublarida to‘p tepgan 2024 yilning yozida erkin agent maqomida “Real”ga o‘tgan hujumchi bugungi kunda madridliklarning eng samarali futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!