Mbappe “yulduzlik kasaliga” uchradi
“Real” etakchisi Kilian Mbappe oʻz vatani Fransiyada keskin tanqidlarga duch kelmoqda. Kilian jahonnning eng yaxshi futbolchilaridan biri maqomida ekaniga qaramay, muxlislar orasida uni takabburlikda ayblayotganlar bor.
Soʻnggi yillarda fransiyalik futbol ishqibozlari Mbappening nafaqat oʻyinini, balki maydon tashqarisidagi xulq-atvorini ham koʻproq muhokama qilmoqda. Ayrim muxlislar futbolchi ortiqcha oʻziga ishonib ketgani va “yulduzlik kasalligi”ga chalinganini taʼkidlamoqda.
Biroq Kilianing yaqin doʻsti, PSJ gandbol jamoasi oʻyinchisi Eloim Prandi Le10Sport nashri jurnalistlari bilan suhbatda futbolchini himoya qildi.
- Men uchun Kilian oddiy, juda kamtar inson, u oyogʻini yerga mahkam bosib turadi. Unda shunday ishonch borki, shu sabab ayrimlarga u kibrlanganiday tuyuladi. Ammo bu toʻgʻri emas, u juda yuqori maqsadlarni qoʻyadi va ularga erishish uchun hamma ishni qildi. Bu darajaga chiqish uchun u koʻp mehnat qildi, - deydi Prandi.
Eloim forvardning insoniy fazilatlarini ham alohida tilga oldi.
- Kilianing odamgarchiligi yaxshi va doim muloqotga ochiq. Lekin u muntazam bosim ostida qoladi – muxlislar, OAV, majburiyatlar... Bularning barchasiga chidash, hammaga rozi qilish oson emas, - deydi gandbolchi.
Eloim Prandining qoʻshimcha qilishicha, u jarohatga uchragan paytda Kilian Mbappe katta yordam koʻrsatgan, bu esa shon-shuhratga qaramay, u oʻzgarmaganini isbotlaydi.
Fikrlar