Mbappega BMW sovg‘a qilishdi, lekin Kilian uni mazza qilib haydolmaydi (foto)

  • 28 iyul, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” homiysi bo‘lgan BMW avtokontserni jamoaning yangi a’zosi Kilian Mbappega o‘zining so‘nggi mahsulotlaridan birini sovg‘a qildi.

Marca nashrining yozishicha, 25 yoshli hujumchisiga BMW i7 M70 xDrive elektromobili taqdim qilingan.

Lekin Kilian Mbappening o‘zi bu mashina mazza qilib haydolmaydi. Sababi oddiy – jahon futbolida eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan hisoblangan Mbappening haydovchilik guvohnomasi yo‘q.

Endi Kilian yangi mashinasida faqat haydovchi hamrohligida yurishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!