Mbappega kurash boshlandi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening bozori hozirdan qiziy boshladi.
Avvalo, parijliklar asosiy to‘purlaridan biriga yangi besh yillik shartnoma taklif qilib, yiliga 30 million evro maosh va’da qilyapti. Biroq, frantsiyalik hujumchi bunga munosabat bildirgan yo‘q.
“Real” yozda Mbappeni olishni rejalashtirmoqda va anchadan buyon Mbappeni parijliklar bilan yangi shartnoma imzolab qo‘ymaslikka ko‘ndirmoqchi. Hatto madridliklar 21 yoshli futbolchiga yangi shartnoma tuzmasligi uchun 100 million evro bonus ham va’da qilgan edi.
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp ham Mbappening muxlisi hisoblanadi. Yozda liverpulliklar yosh hujumchi uchun olti yillik shartnoma va 50 million evro maosh bermoqchi ekanini bildirgandi. Hozir ham Klopp Mbappeni Zidanga osonlikcha berib qo‘ymoqchi emas.

Fikrlar