Mbappega qaysi sifat yetishmayotgani aniq bo‘ldi
- Mbappe juda kuchli, ammo hozircha kiyinish xonasidagi muhitni boshqarish uchun xarizma, ya’ni uni boshqalardan ajratib turadigan shaxsiy jozibadorlik yetishmayapti, - dedi Rinkon Marca nashriga bergan intervyusida.
Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ipolito Rinkon jamoaning bugungi kundagi to‘purari Kilian Mbappega maydondagina emas, balki jamoa yetakchisiga aylanishi uchun yetishmayotgan sifatni aytdi.
Kilian Mbappe Fransiyada “Monako” va “Pari Sen-Jermen” klublarida faoliyat yuritganidan keyin 2024 yilning yozida “Real”ga erkin agent maqomida ko‘chib o‘tdi.
Madrid klubida 26 yoshli futbolchi asosiy to‘purarga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyunigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar