Mbappega yaqinlashib bo‘lmayapti

  • 18 oktabr, 2023, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfermarkt portali Frantsiya chempionatida o‘ynayotgan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Kilian Mbappe qayd etilgan. PSJ forvardining transfer narxi 180 million evroni tashkil qilmoqda.

Ikkinchi o‘rindan joy olgan Randal Kolo Muani ham bu borada Mbappega yaqinlasha olmadi. Ularning transfer summasi o‘rtasidagi tafovut 100 million evroni tashkil qilmoqda.

Frantsiya chempionatining qimmatbaho futbolchilari o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Kilian Mbappe (PSJ, € 180 mln);

Randal Kolo Muani (PSJ, € 80 mln);

Nunu Mendesh (PSJ, € 65 mln);

Ashraf Xakimi (PSJ, € 65 mln);

Markinos (PSJ, € 65 mln);

Jonatan Devid (“Lill”, € 60 mln);

Usmon Dembele (PSJ, € 60 mln);

Manuel Ugarte (PSJ, € 55 mln);

Uorren Zair-Emeri (PSJ, € 50 mln);

Gonsalu Ramush (PSJ, € 50 mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!