Mbappeni “Real”dan haydashni talab qilayotganlar 40 milliondan oshdi

  • 08.05.2026 17:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik mashhur hujumchi Kilian Mbappening “Real” klubidan ketishini talab qiluvchi petitsiyani imzolaganlar soni 40 milliondan oshdi, deb xabar bermoqda ESPN.

Qiziqishi shundaki, ikki kun avval imzolar soni atigi 11 million edi.

Avvalroq, Kilian jamoadagi ayrim sheriklarining, xususan Vinisius Juniornig xatti-harakatlaridan norozi ekani haqida xabar berilgandi.

Futbolchining o‘zi Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan Italiyaga dam olishga ketgan va shundan keyin muxlislar tanqidiga uchragan.

“Barselona”ga qarshi bahs 10 may kuni bo‘lib o‘tadi va “el-klasiko” har ikki jamoa uchun mavsumning eng muhim to‘qnashuvi hisoblanadi.

Bularning barchasi klubdagi beqarorlik fonida yuz bermoqda, jumladan jamoa yechinish xonasida yarim himoyachilar Federico Valverde va Orelien Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan, natijada Federico bosh miya jarohatini olgan.

27 yoshli Kilian Mbappe 2024 yildan buyon “Real” safida o‘ynamoqda. Uning avvalgi klubi Frantsiyaning PSJ jamoasi bo‘lgan.

Ushbu mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 41 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Umuman olganda, uning Madrid klubi safidagi 100 ta o‘yinda 85 ta gol va 11 ta golli uzatmasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!