Mbappening "Real Madrid"dagi debyuti kechikishi mumkin

  • 23 iyun, 2024, 16:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"AS" nashri xabariga ko‘ra, klub burun operatsiyasini Evropa chempionati yakuniga ko‘chirish qarorini tushunadi va Frantsiya federatsiyasiga ham, futbolchiga ham hech qanday talab qo‘ymasdan, buni xotirjam qabul qiladi. Madridda ular Frantsiya terma jamoasi shifokorlariga ishonishadi, agar fransuzlar turnir finaliga chiqsa, tashvish paydo bo‘lishi mumkin. Sababi, operatsiyani iyul oyining ikkinchi yarmiga qoldirish kerak bo‘ladi, bu esa tiklanish jarayonini kechiktiradi.

Ispanlar hujumchining klubdagi rasmiy debyuti 14 avgust kuni UEFA Superkubogi uchun "Atalanta"ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tishini rejalashtirmoqda. "Evro-2024" finali 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, umumiy sinishning reabilitatsiyasi kamida uch hafta davom etadi va to‘liq tiklanish uchun to‘rt-besh hafta kerak bo‘ladi.

Mbappening "Santyago Bernabeu"dagi taqdimotiga kelsak, bu har qanday holatda ham operatsiya oldidan bo‘lib o‘tadi. Taqdimot sanasi Frantsiyaning Evrodagi yakuniga qarab belgilanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!