MDH o‘yinlari. Akademik eshkak eshish, kanoe va baydarkada eshkak eshish bahslarida bir necha medallarni qo‘lg kiritdik
- Ahmadbek Eshmatov
- Izohlar: 0
- O'zbek sporti
Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan III MDH o‘yinlarining akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha poygalarda sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Xususan sportchilarimiz Boburjon Muxiddinov va Jamalbek Turg‘unov juftligi 04:47,360 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, Ziyodbek Yo‘ldoshev o‘z ishtiroki davomida 03:55,22 natija ko‘rsatib kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shoxrux Xasanov o‘z chiqishida 03:51,450, Davlatjon Hamdamov 04:03,700 natija bilan bronza medallariga ega chiqishdi.
Bundan tashqari kanoeda eshkak eshish sport turida Muhammadaziz Aripov 01:57,860 natija ko‘rsatib bronza medalni, baydarkada eshkak eshish juftlik bahslarida Shohruh Xasanov va Nikita Reynvalt juftligi 01:36,990 natija bilan kumush medalni, baydarkada eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Mark Sherbakov va Davlatjon Hamdamov juftligi 01:42,220 natija bilan bronza medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.