MDH o‘yinlarida O‘zbekiston karate terma jamoasi 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Rossiyaning Qozon shahrida tashkil etilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, ijobiy natijalar qayd etdi.

Tecno

Jumladan, kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda -68 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan  Dildora Aliqulova barcha raqibalarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -50 kgda Nasibabonu Narbaeva va  +68 kgda Mohlaroy Hakimjonova turnirning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, -61 kgda Bonu Egamberdieva hamda -84 kgdagi vakilimiz Islomjon Sattorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa karate terma jamoasi O‘zbekiston delegatsiyasiga 5 ta medalni taqdim etdi.

m2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!