Men ayni paytda og‘ir vazndagi eng kuchli bokschiman
Britaniyalik 21 yoshli bokschi Mozes Itauma oʻziga nisbatan yuqori baho bermoqda.
"Oʻzimni hozir dunyodagi eng yaxshi ogʻir vaznli sportchi, deb bilaman. Faqat buni hali amalda isbot qilganim yoʻq. Biroq yaqin kelajakda siz bunga yuz foiz amin boʻlasiz", — dedi Itauma Pirs Morgan ga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, 29 avgust kuni Mozes Itauma ogʻir vaznda IBF kamari uchun Filip Hrgovichga qarshi ringga koʻtariladi.

Fikrlar
бокс тушиш урнига рекламада юрибдими?