Men kerakidan ortigʻini qilyapti! Neymar “Santos” muxlisi bilan janjallashdi

  • 16.04.2026 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Santos” klubining eng mashhur hujumchisi Neymar Janubiy Amerika kubogi oʻyinidan keyin jamoa muxlislari bilan tortishib qoldi.

Braziliya klubi Paragvayning “Deportivo” jamoasi bilan durang 1:1 hisobida durang oʻynadi. Neymar “Santos”ning yagona golini urdi.

Oʻyindan soʻng muxlislar jamoa oʻyinchilari va rahbariyatga qarshi norozilik aksiyasi oʻtkazdi.

Fanatlar “sharmanda jamoa” va “sizlar “Santos” futbolkasini hurmat qilishingiz kerak”, deb hayqirishdi.

Neymar muxlislardan biri bilan tortishib, unga oʻzi ham yomon jismoniy holatda ekanini va jim turishini, hurmat koʻrsatishini aytdi.

-  Muxlisga menga qilgan munosabatiga yarasha javob qaytardim. Oʻyinimiz uchun tanqid qiladigan muxlislarni tushunaman, ammo kimdir shaxsiyatga oʻtsa, men bunga toqat qilmayman.

Men kerakidan koʻproq ish qilyapman va menga bunday munosabat qilish toʻgʻri emas.

Meni maydondagi harakatlarim uchun tanqid qilib boʻlmaydi, demoqchi emasman. Ammo maydondan tashqaridagi holatim uchun bunday munosabatga toqat qilmayman.

Ayrim muxlislardan eshitganlarim meni xafa qildi. Gap mening oʻyinim haqida emas, balki shaxsim haqida, OAV yozayotganlari, matbuotda chiqayotgan gaplar haqida edi.

Muxlislar chegaradan oshib ketishmoqda, ular meni haqorat qilishmoqda va bu meni xafa qiladi.

Men bu klub uchun hayotimni bagʻishlayman, kerakidan koʻproq ish qilaman va bunday munosabatga toqat qilmayman, - dedi Neymar Globo nashriga bergan intervyusida.

34 yoshli Neymarning “Santos” bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Yulduzning oʻzi esa, jismoniy formasi va oʻyinini kuchaytirib, jahon chempionatida qatnashish uchun Braziliya terma jamoasiga kirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!