Men “Roma” bosh murabbiyi bo‘laman!

  • 15.08.2021 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Yaqin o‘tmishda “Roma” tarkibida porlagan yarim himoyachi Daniele de Rossi vaqti kelib, Rim klubini boshqarishni orzu qilayotganini aytdi.  De Rossi Evropa chempionatidagi g‘alabadan  keyin Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini shtabini tark etgandi.

- Terma jamoadan ketish haqidagi qarorga kelish men uchun og‘ir bo‘ldi. Doimo terma jamoa oldida qarzdor bo‘lib qolaman. Bir narsa aniq – men murabbiy bo‘lmoqchiman. Albatta, 38 yoshimda bu gapim g‘alati tuyuladi. Men kelajakda “Roma”ning bosh murabbiyi bo‘lishni istayman va bu qachonlardir ro‘yobga chiqadi, - dedi Daniele de Rossi.

Daniele de Rossi 2002-2019 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Bu davr ichida mog‘ir yarim himoyachi 459 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

De Rossi Italiya terma jamoasi safida 117 marotaba maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sobir Qandahorov
15/08/2021 16:35
Admin oʻzbek tili (lotincha) qoʻshimcha dars oling