Asosiy mazmunga oʻtish

Men sizlarni nazorat qilaman! Gvardiola oʻyinchilarga katta mas'uliyat yuklab ketdi

“Manchester Siti”dagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng Xosep Gvardiola hissiyotli xayrlashuv nutqi bilan chiqish qildi.

Ispaniyalik mutaxassis APL 38-turi doirasida “Aston Villa”ga qarshi kechgan va 1:2 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin barcha bilan xayrlashdi.

- Men hech qachon bu qadar mehr va muhabbatga sazovor bo‘lishimni tasavvur ham qilmagandim. 10 yil davomida sizlarning murabbiyingiz bo‘lish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Hozir juda katta hissiyotlarni boshdan kechiryapman.

Bugun tribunada 95 yoshli otam o‘tiribdi – bu ajoyib! Balki u hozir hammasini to‘liq anglamayotgandir, ammo ishonamanki, yillar o‘tib shu go‘zal tribunalardan biriga oilamizning nomi beriladi. Bu men uchun katta sharaf.

Futbolchilar buni bilishmaydi, lekin men o‘sha tribunada bo‘laman va ularni kuzatib turaman! Ular bu darajani saqlab qolish uchun kurashishlari kerak va bunga mas’uldirlar. Umid qilamanki, ular oxirigacha jang qilishadi. Bu – mening uyim, -  dedi Xosep Gvardiola.

55 yoshli Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dagi 10 yillik faoliyati davomida klub bilan 20 ta sovrin yutdi. Ular orasida Angliya chempionatidagi oltita g‘alaba (2017/18, 2018/19, 2020/21, 2021/22, 2022/23 va 2023/24 mavsumlari), shuningdek, 2023 yildagi UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrini ham bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q