Mendan zo‘ri chiqsa, klubdan ketaman!

  • 21 iyul, 2024, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyatsiz mavsumidan keyin bosh murabbiylikni topshirishi kutilgan Erik ten Xag oxir-oqibat o‘z lavozimida qoldirib, u bilan shartnoma uzaytirildi.

Niderlandiyalik mutaxassis qay holatda klubdan ketishi mumkinligini aytdi.

- Agar “Manchester Yunayted”  rahbariyati ertagayoq mendan yaxshiroq murabbiy topsa, darrov jamoadan ketaman. Hammasi juda oddiy.

Chunki futbolning mexanizmi shunday va uni hurmat qilish kerak.

Bu darajadagi klubda hammasi ochiq-oydin: agar ishni uddalay olmasang, g‘alaba qozona olmasang, muammolar girdobida qolib ketasan, - dedi Erik ten Xag.

“Manchester Yunayted” Angliya kubogida g‘olib chiqqani evaziga yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Klub rahbariyati maxsus mutaxassislar yordamida Erik ten Xagning jamoadagi faoliyatini tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganib chiqib, u bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!