Menga PSJni beringlar!

  • 13 may, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ xo‘jayinlari kelasi mavsum uchun yangi bosh murabbiy qidirishda davom etmoqda. Hozir jamoani boshqarayotgan Kristof Galte kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti.

Klub mutasaddilari ro‘yxatiga bir necha murabbiylar kiritilgan va ular bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Nomzodlar orasida “Bolonya” bosh murabbiyi Tyago Motta ham bor. 40 yoshli mutaxassis L’Equipe jurnalistlshariga PSJni boshqarishga tayyor ekanini aytdi. Manbaning ta’kidlashicha, Motta o‘zi futbolchi sifatida o‘ynagan jamoani boshqarishni orzu qilayotgan edi.

Biroq, PSJ rahbarlari orasida jamoani Mottaga topshirishga qarshi chiqadiganlar ko‘p. Jumladan transferlarga mas’ul bo‘lgan sport direktori Luish Kampush yosh mutaxassisga ishonch bildirmoqchi emas.

Klub direktorlarining aksariyati bosh murabbiylikka futbolchilarga so‘zi o‘tadigan nomdor mutaxassislardan birini olib kelish, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!