"Meni Myunxenga qo‘yib yuboringlar"

  • 9 yanvar, 2023, 11:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya" haligacha "Borussiya M"dan Yan Zommerning transferini hal qilganicha yo‘q. "Sky Sport Germany" xabariga ko‘ra, myunxengladbaxliklar shveytsariyalik darvozabonni qo‘yib yuborish niyatida emaslar va Yan bundan g‘azabda.

34 yoshli darvozabonning fikricha, uni Myunxenga ketish imkoniyatidan mahrum qilmasliklari kerak. Shu sababli kiper jamoa prezidenti va murabbiyi bilan bu borada tortishib qoldi. 

Avvalroq "Borussiya" sport direktori Roland Virku OAVga quyidagicha izoh bergan edi: “Yanvarda biz Zommerni sotmaymiz va buni “Bavariya”ga ham aytganmiz”. Zommerning "Borussiya" bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!