Merab Dvalishvili: "Pyotr Yan shunchaki vaqtni cho‘zmoqda"
- Javohir Malikov
- Izohlar: 0
- MMA
Gruziyalik MMA ustasi Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi printsipial trilogiyani intizorlik bilan kutmoqda.
"Yandan hozircha hech qanday xabar yo‘q. Menimcha, u jang qilishni xohlamayapti. Avvalroq esa hammamiz uning intervyusini ko‘rgandik. Pyotr iyun oyida Oq Uyda oktagonga chiqishga tayyorligini aytgandi, ammo UFC allaqachon iyul kardini ham e’lon qildi. Yaqinda avgustnikini aytishadi. Dana esa hozircha jim. Men faqat Yan bilan jang qilishimni bilaman, lekin qachonligi noma’lum. Pyotr shunchaki vaqtni cho‘zayotganga o‘xshaydi", - dedi gruziyalik jangchi "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Yan o‘rtasidagi revanishda Rossiya vakili hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchib, o‘ta engil vaznda chempionga aylangandi.