Merab Dvalishvili: "Revanshning 2 raundidayoq Pyotr Yanni yenga olmasligimni tushungandim"
Gruziyalik MMA ustasi Rossiya vakili bilan revanishni eslab o'tdi
Gruziyalik MMA ustasi Merab Dvalishvili Rossiya vakili Pyotr Yan bilan revanshni eslab o‘tdi.
"O‘sha kuni ikkinchi raunddayoq Pyotrni yenga olmasligimni tushungandim.
Barchasi aniq edi. 1 raunddanoq uni teykdaun qilishga juda ko‘p urindim. Biroq buni uddalab bo‘lmadi. 2 raundda yana ham qattiq harakat qilib, bor kuchimni sarflab qo‘ydim. Bu ham yordam bermagach, "endi u bilan tik oyoqda bellashaman" dedim...Ammo ko‘rdingiz, u meni "stoyka"da ham bir necha bor kuchli zarbalar bilan ushlab oldi.
Keyin hammasi tugadi va o‘zimga "Yaxshi, men endi jangdan faqat zavqlanaman," dedim va o‘z ishimni bajardim", - deya ta’kidladi sobiq chempion.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Yan o‘rtasidagi trilogiya 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Izohlar (0)