Merab Dvalishvilining kamariga endi kim ko‘z tikmoqda?

  • 16 sentabr, 2024, 15:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Menejer Ali Abdel-Azizning xabar berishicha, "UFC 306"da Shon O'mellidan kamarni tortib olgan Merab Dvalishvili (18-4) keyingi jangini Umar Nurmagomedov (18-0)ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

"Men UFC masullari bilan gaplashdim. Ular Umar keyingi jangida kamar uchun kurashishini aytdi. Menimcha, ayni paytda Nurmagomedovdan boshqa xech kim bunday imkoniyatga loyiq emas. Merabga kelsak, u Shon bilan bahsda unvonga loyiqligini isbotladi. Dvalishvilini chempionlik bilan qutlab qolaman" , - dedi menejer.


Malumot uchun, Umar Nurmagomedov UFC da mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan jangchilardan biri xisoblanadi. U o‘zining so‘nggi jangini "UFC on ABC 7" turnirida o‘tkazib, Kori Sendhagenni xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!